SHIFO.INFO

Shifo izlaganlar uchun! Salomatlik sirlari, Ayollar Erkaklar salomatligi, Jinsiy hayot, Go'zallik sirlari, Kasalliklar, Tashxis, Foydali maslaxatlar, Dardga davo, Tafsiyalar

SAMARALI VAZN TASHLASH: OZISH UCHUN ODDIY PARHEZ

Ozish uchun parhezlarning juda ko’p turlari orasida tezda vazn tashlash uchun mo’ljallangan eng tezkor va eng samarali ekspress-parhezlar mavjud. Ular 5 kungacha davom etadi. Parhez davomida oziq-ovqat miqdori sezilarli ravishda kamayadi va hech qanday kechki ovqat bo’lmaydi. Bu bitta mahsulotga asoslangan mono-dietalar ham bo’lishi mumkin. Misol uchun, kun davomida faqat kefir, sharbat yoki ma’lum bir meva iste’mol qilinadi. Ekspress-parhez taomnomasi quyidagi kabi bo’lishi mumkin:

  • Nonushta: tovuq tuxumi, shakarsiz choy;
  • Soat 12:00 gacha bo’lgan ikkinchi nonushta — kefir bilan past yog’li tvorog;
  • Tushlik: bug’da tayyorlangan 150g baliq go’shti, sabzavotli salat va limon sharbati qo’shilgan holda, ammo yog’siz va mevalarsiz;
  • Kechki ovqat: shakarsiz choy.

Shuningdek, tez va samarali ozish uchun parhezning «yuksiz» kunlar kabi shakli mavjud. Uch kunlik yuksiz davrda 4 kilogramm ozishingiz mumkin. Birinchi kun — parhezga kirish, ikkinchi kun — ochlik, uchinchi kun — parhezdan chiqish. Oziqlanish taomnomasi bunday ishlab chiqariladi: ochlikga tayyorgarlik ko’rayotganda, siz yog’li va uglevodli oziq-ovqat iste’molini cheklashingiz kerak. Yormalar, dukkakli mahsulotlarni iste’mol qilmang. Nonushta qilish uchun faqat ko’k choy ichish, tushlik qilish uchun meva va sabzavotlarni xom shaklda, tuzsiz iste’mol qilishingiz kerak, lekin zaytun yog’ibilan to’ldirilishi mumkin. Kechki ovqatdan voz kechish kerak, soat 19:00 lardan keyin faqat shakarsiz choy yoki suv ichish kerak. Butun ikkinchi kun — ochlik, siz faqat 3-4 litr suv ichishingiz mumkin. Uchinchi kun parhezdan asta-sekin chiqa boshlaysiz. Shu kuni siz oziq-ovqatlarni birinchi kun kabi iste’mol qilasiz, keyin asta-sekin yog’siz oqsilli ovqatlar qo’shasiz va normal taomnomaga qaytasiz.

BIR HAFTALIK PARHEZ: SAMARALI VA ZARARSIZ OZISH

Siz shuningdek kartoshkali kunlar uyushtirishingiz mumkin — hafta davomida siz ziravorlarsiz holda, po’stlog’i bilan qaynatilgan kartoshka iste’mol qilasiz. Ushbu parhez dasturi yordamida 2-3 kilogrammga ozish mumkin. Bundan tashqari, banan va sutga asoslangan ozish uchun parhez ham o’z samarasini namoyon qiladi. U ham 7 kungacha davom etadi, siz o’rtacha 3 kilogrammga ozishingiz mumkin. Kunlik ovqatlanish ikkita banan va 3 stakan sutdan iborat bo’ladi.

Bu parhezning ikkalasi ham aslida juda samarali, lekin qaynatilgan kartoshka yoki bananni qancha yoqtirmang, bir hafta davomida bitta narsani iste’mol qilish me’daga tegadi, shuning uchun parhez biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

TEZ OZISH UCHUN ENG SAMARALI PARHEZNING MISOLI

Tez va samarali ozish uchun eng samarali parhez — «uglevodlarsiz parhez» deb hisoblashadi. Uch kun mobaynida bunday parhez yordamida modda almashinuvi va tana vazniga qarab 5 kilogrammgacha ozishi mumkin. Taomnoma  quyidagicha:

  • Nonushta: sarig’i chala pishgan tuxum;
  • 3 soatdan keyin: 150 g kam yog’siz tvorog, shakarsiz choy;
  • Yana 3 soatdan keyin: tvorog va choy bilan takrorlang;
  • Kechki ovqat bo’lmaydi;
  • Imkon qadar ko’proq suv iching.

Bu parhez uglevodlarsiz parhezga juda o’xshaydi, lekin bu biroz yengilroq shakli, chunki aslida ushbu parhezda oqsil miqdori ham juda kam bo’lib, sog’likka zarar keltirishi tufayli unga biroz o’zgartirishlar kiritilgan. Jiddiy ozishni istamaganlar uchun yanada yengilroq shakli mavjud, u ham samara bobida birinchisidan qolishmaydi:

  • Nonushta: 30g yog’siz qattiq pishloq turi, bir bo’lak javdar non, shakarsiz ko’k choy;
  • Tushlik: qaynatilgan loviya, bir bo’lak javdari non, 200 g kam yog’li tvorog, shakarsiz choy;
  • Kechki ovqat: bug’da tayyorlangan 100g tovuq go’shti, 1 ta bodring va 1 ta pomidor, shakarsiz ko’k choy.

Parhezlarning xilma-xilligi ozish uchun eng tezkor va eng samarali usulni tanlashni qiyinlashtiradi. Ko’pincha dietologlar ma’lum bir mono-dietani emas, balki bir kunlik (ba’zan uch kunlik) mono-dieatlarni almashtirib turishni tavsiya qiladilar. Ammo, ozish uchun parhez tutishdan oldin, qarshi ko’rsatmalar mavjudligini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashing. Shuni unutmaslik kerakki, har qanday parhezdan chiqish maromida borishi kerak, aks holda barcha yo’qotilgan vazn tezlik bilan qaytadi.

Biroq, qat’iy yodda tutish kerak — siz o’zingizga mos tez ozish uchun parhezni tanlasangiz va kerakli natijaga erishish uchun barcha amallarga rioya qilsangiz ham, bu sizga ortiqcha vazn ustidan g’alaba qozonishingizni kafolatlamaydi. Erishilgan vaznni saqlab qolish juda muhim! Va buning uchun so’glom va muvozanatli ovqatlanish tizimi qo’l keladi — yarimtayyor va fast-fudlar, shirin gazlangan ichimliklar va un mahsulotlarini cheklash kerak. Agar vazn 6-7 oy ichida keskin o’zgarishlarga duchor bo’lmasa, u barqaror hisoblanadi.

Va nihoyat, unutmangki, ozish uchun parhezlar tutib qiynalgandan ko’ra, sog’lom turmush tarziga rioya qilish, me’yorida ovqatlanish, doimo harakatda bo’lish vaznni so’glom ushab turishga ko’mak beradi.

Яндекс.Метрика
error: Content is protected !!