SHIFO.INFO

Shifo izlaganlar uchun! Salomatlik sirlari, Ayollar Erkaklar salomatligi, Jinsiy hayot, Go'zallik sirlari, Kasalliklar, Tashxis, Foydali maslaxatlar, Dardga davo, Tafsiyalar

OZISH UCHUN ENG SAMARALI VA TEZ NATIJA BERADIGAN 10 TA PARHEZ TURI

QANDAY QILIB TEZ OZISH MUMKIN: ENG TEZ VA SAMARALI PARHEZLAR

Tez vazn yo’qotish uchun parhez tanlashda quyidagi ko’rsatmalarga amal qiling:

  • Parhezni tanlashda asosiy mahsulot siz uchun oson topiladigan bo’lsin, chunki ko’pchilik samarali va tez parhezlar — monodietalar bo’lib, ular bitta mahsulotga asoslangan bo’ladi;
  • Parhez tutishda mahsulotlar ta’mi siz hush ko’radigan bo’lishi kerak, aks holda unga rioya qilish ikki barobar qiyin bo’ladi;
  • Qulayroq vazn tashlash uchun pishirish oson bo’lgan taomlarga afzallik bering, shunda siz kamroq oshxonada bo’lasiz va oziq-ovqatga ortiqcha havasingiz ketmaydi.

Tez ozish uchun pahezlar orasida eng yaxshi samara beradigan quyidagilarga e’tibor qilishingiz mumkin:

  • Mono-dietaning barcha turlari;
  • Kefirli parhezning turli xillari;
  • Mashhurlarning parhezi;
  • Bugungi kunda mashhur hisoblanadigan oqsilli parhez;
  • So’nggi paytlarda natijani uzoq kutishni hohlamaydiganlar uchun eng samarali parhezlardan biri sifatida o’z o’rnini topgan tuxumli parhez.

TEZ OZISH UCHUN PARHEZLARNING 10 TA ENG SAMARALISI

  • Gollivud parhezi — gollivud yulduzlari orasida mashhur hisoblanadi, parhez ikki hafta davom etadi, bu vaqt mobaynida o’rtacha 7 kg ga ozish mumkin. Taomnomada shakar, tuz va yog’ miqdorini minimal qilish kerak, nonni butunlay chiqarib tashlang.
  • Karamli parhez juda samarali hisoblanadi: 7 kun davomida vazningizni 5 kilogrammgacha kamaytirishingiz mumkin. Taomnomada ko’proq karam va biroz yog’ bo’ladi.
  • Yaponcha parhez — ikki haftada 8 kilogrammgacha ozish imkonini beradi. Taomnoma dengiz mahsulotlariga asoslangan bo’ladi, ammo barini tuzsiz tayyorlash kerak.
  • Braziliya parhezi sabzavot, shuningdek meva va sabzavot sho’rvalariga asoslangan. Yetti kunda 4 kilogramm ozishingiz mumkin.
  • Intervalli parhez yoki uch kunlik. U 9 ​​kun davom etadi, 3 kundan kechadigan uch bosqichga bo’linadi, har bir bosqichda ketma-ketlik bilan guruch, kartoshka va sabzavotlarni iste’mol qilasiz. Bu vaqtda faqat toza suv ichish mumkin. 5-7 kilogrammgacha ozish mumkin, ammo siz ehtiyot bo’lishingiz va sog’lig’ingizni nazorat qilishingiz kerak.
  • Grechkali (grechixali) parhez — odatda bir yoki ikki hafta davom etadi va shu vaqt ichida 4 yoki 8 kilogrammgacha ozish mumkin. Biroq taomnomaning bitta muhim tomoni bor: tez ozish uchun grechkali parhez qaynatilgan grechka asosida turli-tuman mahsulotlar aralashmasi bo’lishi kerak degani emas. Bunday vaziyatda grechkani qaynatib ham, dimlab ham bo’lmaydi — yormaga qaynoq suv solinadi va 3-4 soat qoldiriladi, keyin esa hech qanday ziravor yoki boshqa mahsulot qo’shmasdan iste’mol qilinadi.
  • Sho’rvali parhez turli sho’rvalarga asoslangan, shu jumladan, bo’tqa-sho’rvalarga. Asosiysi bu sho’rva kartoshka yoki loviyadan emasligi va yog’ va ziravorlar saqlamasligi kerak, nonni ham taomnomadan chiqarib tashlash kerak. Davomiyligi — 7 kun, 4 kilogrammgacha vazn tashlash mumkin.
  • Top-modellar parhezi — 3 kun davomida siz 3 kilogramm, ba’zan 5 kilogrammgacha ozishingiz mumkin. Ushbu parhez o’ta qiyin hisoblanadi, chunki siz kuniga faqat bitta tuxum va 300 gramm tvorog iste’mol qilasiz, kechki ovqat ham yo’q va faqat suv ichiladi.
  • Qatiqli (kefirli) parhez 7 kun davom etadi va siz 4-5 kilogrammga ozishiningiz mumkin. Har kuni siz yarim litr yog’siz kefir ichasiz.
  • Yangi siqilgan sharbatlardan parhez tez ozish imkonini beradi, ammo uni ushlab turish oson emas. Apelsin, greypfrut va limondan tayyorlangan sharbatni kuniga uch marta ichish kerak. Qolgan vaqt suv ichasiz. Odatda parhez 3 kungacha davom etadi va siz 3 kilogrammgacha vazn yo’qotishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика
error: Content is protected !!