SHIFO.INFO

Shifo izlaganlar uchun! Salomatlik sirlari, Ayollar Erkaklar salomatligi, Jinsiy hayot, Go'zallik sirlari, Kasalliklar, Tashxis, Foydali maslaxatlar, Dardga davo, Tafsiyalar

BO’YNI TEZ O’STIRISH USULLARI, YO’LLARI, MASHQLAR VA OVQATLANISH

Ushbu maqolada biz eng keng tarqagan bo’y o’stirish usullarini va shuningdek: «Bo’yni o’stirish mumkinmi va iloji bo’lsa, qanday qilib?» degan savolni batafsil ko’rib chiqamiz. Bo’y o’stirish yo’llari turlicha bo’lib, har bir kishi o’ziga mos keladiganini tanlasa bo’ladi.

INSON BO’YI UZUNLIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

Insonning o’sishiga eng faol ta’sir qiluvchi uchta omil mavjud.

  • Irsiyat. Uzun kishilarning farzandlari, odatda, baland bo’yli bo’lishadi.
  • Kasalliklar. Bo’y o’sishiga buyrak, jigar, o’pka, endokrin va boshqa tizimlar kasalliklari salbiy ta’sir qilishi mumkin.
  • Hayot tarzi. Ratsional muvozanatli oziqlanish, faol hayot tarzi, yaxshi tiklanish genetik xususiyatlarni maksimal darajada ro’yobga chiqishiga yordam beradi.

Umuman olganda, taxminan bo’y o’sishining 80 foizi irsiyatga bog’liq bo’lib, 20 foizi esa hayot tarzi va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Ikkala jins qomatining uzunligi o’rtasidagi farq suyaklarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi genlarning faolligi bilan bog’liq. Ushbu genning faolligi qancha yuqori bo’lsa, insonning bo’yi shunchalik past bo’ladi. Ushbu gen X-xromosomada mavjud bo’lganligi uchun, gen ko’proq ayollarda faol bo’ladi. Shuning uchun ayollar odatda erkaklarga nisbatan 10-12 sm pastroqdir.

BO’Y O’STIRISH UCHUN MASHQLAR

Bo’yni o’stirish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan va ko’plab odamlar tomonidan sinovdan o’tkazilib, odamning tabiiy ravishda o’sishiga yordam berishi mumkin. Eng yaxshi ma’lum bo’lgan bo’y o’stirish texnikasi quyida keltirilgan:

  • Turnikda tortinish. Turnikda osilib turish va tortinish bo’y os’tirish uchun foydali ekanligini barcha bilsa kerak. Iloji bo’lsa har kuni tongda turib, 3-5 minut shunchaki turnikda osilib turing. Umuman olganda, turnikda qilinadigan barcha mashqlar bo’y o’sishiga yordam beradi.
  • Inversion mashqlari. Ushbu texnikaning ma’nosi shundaki, mashq tananing teskari holatida sodir bo’ladi (bosh pastda, oyoqlar yuqorida). Doimiy mashqlar ajoyib natijalarga erishishga yordam beradi. Bu mashqlar, bo’y o’stirishidan tashqari, umurtqa pog’onasi uchun juda foydali. Ular umurtqalararo churra, lumbosakral radikulit, bukrilik kabi turli xil muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
  • Velosiped mashg’ulotlari. Velosiped hayadash oyoqlarini uzaytirishning eng samarali usullaridan biridir. Velosiped o’rindig’ini shunday ko’tarish kerakki, pedalga oyoqning uchi zo’rg’a yetsin. Mashg’ulotlar uchun sizning odatiy velosipedingiz ham to’g’ri keladi.
  • Suzish. Bo’yni o’stirish uchun suzishning eng yaxshi uslubi — brass usulidir. Agar siz muntazam ushbu uslubda suzayotgan bo’lsangiz, tanangiz doimiy cho’zilishlar va bo’shashishlar ta’sirida bo’ladi. 2 sm yoki undan ko’p o’sish uchun kuniga bir soatdan haftasiga kamida 3 marta mashq qilish kerak.

Bo’y o’tirish uchun muntazam jismoniy mashqlar bilan bir qatorda, to’g’ri ovqatlanish, to’g’ri yondashuv va uyqu ham juda muhimdir.

BO’Y O’SISHI UCHUN TO’G’RI OVQATLANISH

Kerakli «qurilish materiali» va energiya bo’lmasa, tana o’sish uchun resurslardan mahrum bo’ladi. Shuning uchun, siz qanday qilib bo’yingizni uzunroq qilish haiqda o’ylayotgan bo’lsangiz, ovqat ratsioningizga ko’proq e’tibor bering.

Organizmdagi o’sish gormoni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun yuqori glitsemik indeksli mahsulotlar miqdorini kamaytirish kerak. Ratsiondan shirinliklar, un mahsulotlari, juda shirin mevalarni cheklash yoki chiqarib tashlash kerak. Dietologlar kechki taomga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Kechqurungi taomnomada ko’proq oqsil va kamroq uglevod saqlagan mahsulotlar, masalan, tuxum, baliq, dengiz mahsulotlari, pishloq, ko’katlar, yong’oq, urug’lar, dukkaklilar bo’lishi kerak. Oziq-ovqat qo’shimchalarini iste’mol qilish ham zarar qilmaydi. Ularda rux mikroelementi bo’lishi kerak. Ushbu mikroelement o’sish gormoni ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi.

Uzun bo’y sohibi bo’lishni hohlasangiz, shuningdek ovqat ratsionidagi kaltsiy miqdorini nazorat qiling. Ularning o’sish davrida yetishmasligi bo’yning past bo’lib qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’proq sut, pishloq, yogurt, tvorog iste’mol qiling, ular kasltsiyga boy hisoblanadi. Rux mikroelementi esa qovoq, qo’zichoq go’shti, yer yong’oq kabi mahsulotlarda ko’p.

BO’Y O’STIRISHNING RADIKAL USULLARI

Bo’yni o’stirishning yanada radikal usullari mavjud. Bu oyoqlarni uzaytirish bo’yicha o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridir. Bugungi kunda bunday operatsiyalarning asosan ikki turi ishlatiladi.

  • Ilizarov usuli. Ilizarov apparatini qo’llash boldirni (maksimal 6 sm) yoki sonlarini (maksimal 10 sm) uzaytirishga imkon beradi. Suyaklarga operativ ta’sir ko’rsatmasdan tez bo’y o’stirishning boshqa iloji yo’q. Odatda jarrohlik boldir yoki sonning yuqori qismida o’tkaziladi. Boldirda ikkita suyak borligi tufayli, ikkalasi ham maxsus sindiriladi. Uzaytirishning butun davri mobaynida Ilizarov apparati o’rnatilgan turadi, uning gaykalarini kuniga bir necha marta burash kerak. Ushbu usul yordamida bir kunda taxminan, 1 mm o’sishga erishiladi. Asoratlarni oldini olish uchun o’sish tezligini 1 mm dan oshirmaslik kerak.
  • Bliskunov usuli. Bu birinchi usuldan ko’ra ko’proq jarohatli hisoblanadi, shuning uchun keng tarqalmagan. Bu holda operatsiya faqat son suyagida amalga oshiriladi, suyakka kichik kesish orqali maxsus distraktsion (cho’zuvchi) apparat joylashtiriladi.
Яндекс.Метрика
error: Content is protected !!