SHIFO.INFO

Shifo izlaganlar uchun! Salomatlik sirlari, Ayollar Erkaklar salomatligi, Jinsiy hayot, Go'zallik sirlari, Kasalliklar, Tashxis, Foydali maslaxatlar, Dardga davo, Tafsiyalar

BO’Y O’STIRSH HAQIDAGI 5 SAVOLGA JAVOB

1. O’SISH ZONALARI YOPILIB BO’LGACH KISHI O’SISHI MUMKINMI?

Ehtimol, agar o’sish sohasini qandaydir tarzda uyg’otishga muvaffaq bo’lsa. Suyaklar doimo mexanik ta’sir natijasida tashqi sharoitlarga moslashishi uchun o’sishi mumkinligi ma’lum. Barmoqlari bilan doimo ishlaydigan ba’zi bir professional massajistlar, vaqt o’tishi bilan qo’llaridagi suyaklarini uzayganini sezishadi. Basketbol va voleybol o’yinchilarida yetakchi qo’l ko’pincha boshqasidan ko’ra uzunroq bo’ladi. Ko’proq oyoqari bilan ishlaydigan jangchilarda, hatto kattalarda ham oyoqlari uzayishi kuzatiladi. Har qanday pianinochi yoki gitarist barmoqlariga e’tibor bersangiz ham bunga amin bo’lasiz. Mantiqan, inson organizmi shunday tuzilganki, agar hayotiy zarur bo’lsa, suyaklar har qanday yoshda cho’zilishi va qalinlashishi mumkin.

2. BODIBILDING BO’Y O’SISHIGA QANDAY TA’SIR QILADI?

Mashg’ulotlarga oqilona yondashuv bo’lganda ijobiy ta’sir qiladi.

3. JISMONIY MASHQLAR ORQALI BO’Y O’SISHIDA TANA NISBATLARI O’ZGARADIMI?

Inson tanasi o’ziga xos bo’lgan nisbatlarni saqlab qolish xususiyatiga ega.

4. AGAR ISTALGAN NATIJAGA ERISHILSA, ERISHILGAN NATIJALARNI YO’QOTMASLIK UCHUN KO’PROQ MASHQ QILISH KERAKMI?

Odatda, 5 sm dan oshiq o’sganigizda, bu uzunlik siz bilan qoladi. Agar siz 1-2 sm o’sgan bo’lsangiz, unda bu yutuq vaqtinchalik bo’lishi mumkin va mashg’ulotlar davom ettirilishi kerak.

5. UYQU O’SISHGA QANDAY TA’SIR QILADI?

Uzoq muddatli uyqu tananing tabiiy o’sishi uchun juda muhim shartdir. Somatotropin gormonining asosiy miqdori uyqu paytida ishlab chiqariladi. Agar inson doimiy uyquga to’ymasa, unda bo’yni o’stirish uchun muntazam jismoniy mashqlar ham yordam bermaydi.

Agar sizning bo’yingiz past bo’lsa, bu siz butun hayotingiz davomida past bo’y bilan yashashingizni anglatmaydi. Yuqorida tavsiya etilgan hayot tarzi, uslubi va ovqatlanish bo’yicha ko’rsatmalarni e’tiborga olib, o’zingizga mos usullardan foydalanishingiz mumkin. Sabr-toqat qilish kerak, agar siz choralarni qo’llayotgan bo’lsangiz, natijalar uzoqqa cho’zilmaydi.

Яндекс.Метрика
error: Content is protected !!